Andijonda yuk avtomobili voyaga yetmagan piyodani urib yubordi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida yuk avtomobili piyodani urib yuborib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB JXX YHXB munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 24-fevral kuni soat 15:56 larda, Baliqchi tumani “Eski Markaz” MFY hududidan oʻtgan D-105 avtomobil yoʻlining “Fargʻona halqa yoʻli” 103 km.da, haydovchi 2002-yilda tugʻilgan A.J. oʻzining “Zil 130” rusumli yuk transport vositasini boshqarib kelayotib, oldinda tartibga solingan chorrahadagi piyodalar oʻtish joyidan keskin yugurib chiqib yuborgan piyoda, 2017-yilda tugʻilgan H.M.ni urib yuborgan.
Ushbu YTHdan soʻng haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, chorrahada toʻxtab turgan “Cobalt” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida, voyaga yetmagan piyoda H.M. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada koʻrsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yoʻllarda belgilangan tartib qoidalarga rioya qilib yurishlarini, shuningdek, piyodalar oʻtish joylariga yaqinlashib kelayotganda hushyorlikni oshirib, piyodalarga, ayniqsa voyaga yetmagan bolalarga eʼtiborli boʻlib harakatlanishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring