Xorazmda qalbaki alkogol ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh qilindi
Xorazm viloyatida qalbaki alkogol mahsulotlar ishlab chiqarayotgan yashirin sex va ushbu mahsulotlarni sotayotgan shaxslar fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va Xiva shahri boʻlimi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tekshiruv davomida fuqaro B.M. Urganch tumani “Anjirchi” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etib, qalbaki alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlangan. Mazkur xonadondan ishlab chiqarish uskunasi, aksiz markalar, 190 litr spirt, 1 500 dona shisha qopqoqlari va boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Shundan soʻng, ushbu yashirin sexda tayyorlangan qalbaki alkogolli ichimliklarni sotayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida davom etgan tezkor tadbirlarda, Urganch shahri, Bogʻot, Urganch, Hazorasp, Gurlan, Shovot, Yangibozor va Xonqa tumani hududlarida ushbu mahsulotlar sotuvini yoʻlga qoʻygan shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari fosh qilinib, ulardan umumiy bahosi 102,7 mln soʻmlik 34 turdagi 4 844 dona qalbaki alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish), 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring