Avtomobilingizni daraxtlar ostida qoldirmang — poytaxt FVBB ogohlantirish bilan chiqdi
Bugun, 26-fevral kuni Toshkent shahri hududida yogʻingarchilik va kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi poytaxt aholisi va mehmonlariga ogohlantirish bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik hamda xonadonlarda barcha gaz qurilmalarini doimiy nazorat qilib turish tavsiya etiladi.
Poytaxt FVBB noqulay ob-havo sharoitida quyidagi ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirgan:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qilishlari eslatib oʻtilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring