“Trampning sabr-toqati cheksiz emas” — AQSH prezidenti Ukrainadagi mojaroni tugatish uchun muddat aytdi
Arxiv foto
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatda mojaroni bir oy ichida tugatish istagini bildirgan. Bu haqda “Axios” portali xabar tarqatdi.
Ukraina rasmiysi va suhbatdan xabardor boʻlgan yana ikkita manbaning soʻzlariga koʻra, Tramp imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga erishmoqchi, ammo Ukraina va Rossiya oʻrtasida jiddiy kelishmovchiliklar mavjud, ayniqsa hududiy masalalarda.
Manbada aytilishicha, 30 daqiqalik muloqot Tramp va Zelenskiy oʻrtasida shu yilning yanvar oyi oxirida Davosda boʻlib oʻtgan uchrashuvdan beri birinchi suhbat boʻlgan. Uchta manba muloqot juda doʻstona va ijobiy boʻlganini taʼkidlagan.
“Zelenskiy urush bu yil tugashiga umid bildirdi, Tramp esa urush juda uzoq davom etganini aytib, uning bir oy ichida tugashini istashini aytdi”, — deyiladi “Axios” xabarida.
Portal jurnalisti Barak Ravid oldinroq bu masala bilan tanish manbaga tayanib telefon orqali suhbat haqida xabar bergan edi. Ammo u muloqot mavzularini oshkor qilinmagandi. Zelenskiyning maslahatchisi Dmitriy Litvin keyinchalik suhbat yarim soat davom etganiga aniqlik kiritdi.
Rubio Trampning sabr-toqati cheksiz emasligi haqida ogohlantirdi
AQSH Ukrainadagi mojaroni hal qilishdan uzoqlashishni istamaydi, ammo Trampning sabr-toqati cheksiz emas, deya ogohlantirdi AQSH Davlat kotibi Marko Rubio.
“Menimcha, prezidentning sabr-toqati cheksizmi? Yoʻq, menimcha unday emas. Lekin men uning qachon tugashini yoki qachon toʻxtashga qaror qilishini oldindan ayta olmayman”, — dedi Marko Rubio.
Shu oʻrinda AQSH Davlat kotibi Ukraina muzokaralarida taraqqiyotga erishilganini, ammo murakkab masalalar hal qilinmaganligini aytdi.
Tramp mojaroning nima uchun hali ham davom etayotganini tushunmayapti
Davlat kotibi prezident Donald Tramp Ukrainadagi mojaroning nima uchun hal qilinmaganini va hali ham davom etayotganini tushunmasligini aytdi.
Rubio siyosatchi tinch yoʻl bilan hal qilish uchun koʻp ish qilganini va bu jarayonga katta siyosiy kapital sarflaganini taʼkidladi.
“U shunchaki ikki mamlakat bunday shafqatsiz, dahshatli va qonli urushga qanday qilib chek qoʻyish borasida kelisha olmasligini tushunmaydi”, — deydi AQSH Davlat kotibi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSHdan boshqa dunyoda hech bir davlat Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi muzokaralarni osonlashtira olmaydi.
“Agar biz [muzokaralardan] chiqsak, kim buni qiladi? BMT buni qilmaydi. Fransiya buni qilmaydi. Yevropa Ittifoqi buni qilmaydi. Ruslar hatto ular [Ukraina] bilan gaplashmaydilar”, — dedi Rubio.
Shu oʻrinda uning taʼkidlashicha, agar Vashington muzokaralar jarayonidan chiqsa, muzokaralar toʻxtaydi.
Jeneva uchrashuvida taraqqiyotga erishilgan
AQSH Davlat kotibi taʼkidlashicha, tomonlar Jenevada Ukraina boʻyicha uch tomonlama muzokaralar davomida maʼlum yutuqlarga erishgan.
“Menimcha, biz masalalar doirasini toraytirishda taraqqiyotga erishdik”, — deydi u.
Avvalroq AQSH Prezidentining elchisi Stiv Uitkoff muzokaralarda sezilarli taraqqiyot haqida gapirgan edi.
TASS oʻz manbasiga tayanib xabar berishicha, Ukraina boʻyicha uch tomonlama uchrashuv mart oyining boshiga qoldirilgan va u boʻlib oʻtadigan joy boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
AQSH Kiyev muzokarachilari bilan 26-fevral kuni uchrashadi, deb tasdiqladi Zelenskiy Tramp bilan telefon orqali suhbatdan soʻng.
Siyosatchining soʻzlariga koʻra, muhokama qilingan masalalar orasida Kiyev va Vashington vakillari Jenevadagi ikki tomonlama uchrashuvda ish olib boradigan masalalar, shuningdek, mart oyi boshida boʻlib oʻtadigan uch tomonlama muzokara guruhlarining keyingi uchrashuviga tayyorgarlik bor.
Rossiya Prezidentining elchisi Kirill Dmitriyev ham payshanba kuni AQSH bilan muzokaralar uchun Jenevaga kelishi kutilmoqda. Uning Ukraina delegatlari bilan uchrashuvi haqida hech qanday maʼlumot yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring