Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
2026-yilning 9-13-fevral kunlari Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Islom olami madaniy merosi boʻyicha qoʻmitaning 13-sessiyasi”ning yakuniy xulosalari maʼlum qilindi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, mamlakatimiz tomonidan taqdim etilgan 9 ta nomzodnomalardan 7 tasi maʼqullanib, AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarining boshlangʻich roʻyxatiga kiritilgan.
Quyida ushbu roʻyxatga kiritilgan moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari bilan tanishishingiz mumkin:
- 4 ta nomoddiy madaniy meros namunasi — yogʻoch oʻymakorligi sanʼati, miniatyura sanʼati, xattotlik sanʼati, kitobat va tazhib sanʼati;
- 3 ta moddiy madaniy meros obyekti — Qadimiy Termiz majmuasi, Shahrisabz tarixiy-majmuasi, Mizdahkan tarixiy-majmuasi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar yurtimizning quyidagi 19 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, bular:
- Samarqand shahridagi Registon majmuasi;
- Ismoil Somoniy maqbarasi;
- Chor Bakr majmuasi;
- Bahouddin Naqshband majmuasi;
- Magʻoki Attor masjidi;
- Poyi Kalon majmuasi;
- Qadimiy Poykent shahri xarobalari;
- Saroyi Tosh madrasasi.

Ipak yoʻllari:
- Zarafshon–Qaroqum yoʻlagi;
- Turonning sovuq qishloq choʻllari;
- Samarqand — madaniyatlar chorrahasi;
- Buxoro tarixiy markazi;
- Zomin togʻlari (Jizzax viloyati);
- Shahrisabz tarixiy markazi;
- Sulton Saodat majmuasi;
- Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi;
- Sulton Uvays Bobo maqbarasi;
- Sayyid Ataliq madrasasi hamda Oʻzbekistonda kulolchilik (keramika) sanʼati.

Shunday qilib, AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan Oʻzbekistondagi meros obyektlari soni 26 taga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring