Samarqandda qariyb 332 mln soʻmlik gaz oʻgʻirlagan novvoyxona fosh qilindi
Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, komplayens nazorat tuzilmalari, tuman, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari ishtirokida viloyatning Samarqand tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazilgan.
Unda tumanning “Qoʻshtamgʻali” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro S.M. oʻz yashash manzilida novvoyxona tashkil qilib, hisoblagichdan oldin tarmoqqa rezina shlang orqali toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 331 million 880 ming soʻm zarar qayta hisob-kitob qilingan. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring