Nukusda tabiiy gaz oʻgʻirlanishi bilan bogʻliq holat aniqlandi
Nukus shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Nukus shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida shaharning “Tinishlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro O.A. xonadonida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari yashirin tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 189 million 282 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Ishga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring