Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqotida oʻtgan yilda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy taʼlim kengashlari ish boshlaganiga toʻxtaldi.
Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga oʻqitish dasturini qayta koʻrib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual taʼlim” boʻyicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.
Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli boʻlmagan yigʻilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.
Har yili kamida 100 tadan texnikumni toʻliq taʼmirlab, texnologik va talab yuqori boʻlgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.
“Dual taʼlim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi taʼkidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda oʻquvchilarning startap loyihalariga 1 milliard soʻmgacha ajratiladi.
Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum oʻquvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qoʻshimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum oʻquvchilariga yoʻlkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring