Yanvar oyida Malayziyaga borgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlandi

12:50 24 Fevral 2026 Jamiyat
253 0

2026-yilning yanvar oyida jami 2 686 nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Malayziyaga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Ularning safar maqsadlari boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha koʻrinish olgan:

  • sayohat – 2 563 nafar;
  • qarindoshlarni yoʻqlash – 104 nafar;
  • oʻqish – 14 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 5 nafar.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 800 nafarga yoki 42,4 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?