Nurafshonda 8 tonna yaroqsiz spirtning savdoga chiqishi toʻxtatib qolindi
Nurafshon shahrida 8 tonna isteʼmolga yaroqsiz spirtning muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafshon shahri boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, 3 nafar fuqaro oʻzaro til biriktirib, fuqaro M.X.ga 2,4 tonna spirtni 135 million soʻmga sotishga kelishib, shundan 1,9 tonna spirtni 108 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.A.ning Zangiota tumani, “Dehqonobod” MFY hududidagi xonadonidan yana 6,1 tonna spirt, 130 dona boʻsh polietilen idishlari va idishlarga quyishda ishlatiladigan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring