Namanganda suyultirilgan gaz saqlanayotgan “bunker” fosh qilindi

15:48 23 Fevral 2026 Jamiyat
357 0

Namangan viloyatida suyultirilgan gaz mahsuloti noqonuniy saqlanayotgan “bunker” faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Namangan viloyati Norin tumanida “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari ishtirokida tumanning “Yuqori Choʻja” MFYda joylashgan, fuqaro K.B. ga qarashli binoda oʻrganish ishlari oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, hududda 7 dona suyultirilgan gaz toʻldirilgan, 7 dona boʻsh, jami 14 dona maishiy gaz ballonlarini texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid ravishda noqonuniy saqlab kelinayotgani fosh qilingan. Shuningdek, oʻrganish davomida 1 dona tarozi va gazni avtomobillarga oʻtkazishga moslashtirilgan 3 dona rezina shlanglar borligi maʼlum boʻlgan.

Shuningdek, mahallaning A.Mingboyev koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.A. mazkur hududda aholi uchun moʻljallangan gaz ballonlaridan gazni avtomobillarga yoqilgʻi sifatida oʻtkazib berish bilan shugʻullanib kelgani fosh boʻlgan.

Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?