Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlanishiga 6 kun qoldi

15:36 23 Fevral 2026 Jamiyat
378 0

Toifa olish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 1-mart kuniga qadar davom etadi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlum qildi.

Murojaatlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining veb-saytidagi “pedagog.uzedu.uz” platformasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali yuborish mumkin boʻladi.

Xabarda aytilishicha, majburiy attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar yuborilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqilishi belgilangan.

Navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etish uchun yuborilgan murojaatlar esa toʻlov qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida oʻrganib chiqiladi. Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?