Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish tartibi belgilandi
Hukumatning joriy yil 19-fevraldagi 70-son qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Hujjatga koʻra, Akademiyada oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul quyidagi taʼlim shakllari boʻyicha tashkil etiladi:
• tayanch doktorantura;
• doktorantura;
• mustaqil izlanuvchilik.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul hujjatlari Yagona elektron tizim yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali topshiriladi.
Tayanch doktorantura va doktoranturaga oʻqishga kirish uchun hujjatlar har yili 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Imtihonlar har yili 1-noyabrdan 25-noyabrga qadar oʻtkaziladi.
Akademiyada tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish boʻyicha tanlov har biri 100 balli baholash tizimiga asoslangan quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:
• 1-bosqich – talabgorlar mutaxassislik fanlaridan imtihon (yozma, ogʻzaki, test) topshiradi;
• 2-bosqich – talabgorlar dissertatsiya rejasining mufassal loyihasini taqdimot qiladi.
Kirish imtihonlari natijalari haqidagi maʼlumotlar imtihonlar yakunlangandan soʻng Akademiyaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring