Itga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxs ushlandi

15:35 21 Fevral 2026 Jamiyat
618 0

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs it bolasining quloqlarini vahshiylarcha uzib olgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti munosabat bildirdi.

Surishtiruvlar davomida ushbu voqea Surxondaryo viloyatida sodir boʻlgani aniqlangan. Itga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan fuqaro tegishli xodimlar tomonidan qoʻlga olingan.

Hozirda holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun toʻplangan hujjatlar sud organlariga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?