Navoiyda fuqaro avtomobilidan 500 dona otish uchun yaroqli patronlar topildi
Navoiy viloyatida noqonuniy saqlanayotgan 1 ming 100 dona patronlar rasmiylashtirib olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻqotar qurollarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Konimex tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Mazkur tadbir davomida Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan shaxsga tegishli “Onix” rusumli avtotransport vositasi koʻzdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida 500 dona 5,6 mm kalibrli otish uchun yaroqli boʻlgan patronlar borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan 600 dona 5,6 mm kalibrli patronlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 248-moddasi (Oʻqotar qurolning, oʻq-dorilarning, oʻqotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring