Tramp barcha import tovarlarga 10 foizlik boj joriy qilmoqchi

00:37 21 Fevral 2026 Dunyo
1194 0

AQSH prezidenti Donald Tramp barcha import tovarlariga qoʻshimcha 10 foizlik tarif joriy etishini va avvalgi tariflar ham oʻz kuchida qolishini eʼlon qildi. Bu haqida “Kontext” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, shu yilning 20-fevral kuni Oq uyda rejalashtirilmagan matbuot anjumani oʻtkazilgan. Unda Qoʻshma Shtatlar rahbari barcha import tovarlariga qoʻshimcha ravishda 10 foizlik tarif joriy etish toʻgʻrisidagi farmonni imzolashini maʼlum qilgan.

“Bu harakat koʻproq pul olib kelishi mumkin. Biz koʻproq pul yigʻamiz va kuchliroq boʻlamiz”, — degan Donald Tramp.

Avvalroq, AQSH Oliy sudi Tramp tomonidan ilgari surilgan import tariflarni joriy qilish toʻgʻrisidagi qonun amalga oshmasligini aytgan edi. Biroq Tramp sud qarorini “sharmandalik” deb atagan hamda zaxira rejasi borligini maʼlum qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?