Avstraliyada insoniyatning yoʻq boʻlib ketish sabablari qayd etib boriladigan “qora quti” faoliyat boshlaydi

23:33 20 Fevral 2026 Dunyo
1419 0

Avstraliyada insoniyatning yoʻq boʻlib ketish sabablari qayd etib boriladigan “qora quti” qurish rejalashtirmoqda. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Yerning qora qutisi” nomli ushbu loyiha Tasmaniyaning gʻarbiy qismida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu quti koʻrinishidagi obyekt taxminan oʻn metr uzunlikdagi poʻlat monolit boʻlib, insoniyat tarixini va uning yoʻq boʻlib ketishi mumkin boʻlgan sabablarini qayd etib borishga moʻljallangan.

Maʼlumotlarga koʻra, 7,5 santimetr qalinlikdagi poʻlat konstruksiya uzoq va geologik jihatdan barqaror hududda granit asosga oʻrnatiladi. Mazkur loyiha gʻoyasi Tasmaniya universiteti, “Clemenger BBDO” hamda “The Glue Society” badiiy guruhi tomonidan ilgari surilgan.

Mazkur qurilma quyosh energiyasida ishlaydi va asrlar davomida ish faoliyatida boʻlishi kutilmoqda. Unda CO₂ konsentratsiyasini, havo va okean haroratini, dengizning kislotalanish darajasini, energiya sarfini, shuningdek, siyosiy qarorlar, yangiliklar va ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni doimiy ravishda qayd etadigan maʼlumotlarni saqlash tizimlari oʻrin oladi.

Loyiha yaratuvchilarining taʼkidlashicha, global inqiroz yuz bergan taqdirda, “qora quti” kelajak avlodlarga nima boʻlganini tushunishga imkon beradi. Ushbu tizim 2026-yildan kechiktirmagan holda, toʻliq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?