Inspektorga oʻzganing hujjatlarini taqdim qilgan haydovchi 20 mlndan ortiq jarimaga tortildi
Qashqadaryoda haydovchi YPX inspektoriga oʻziga tegishli boʻlmagan hujjatlarni taqdim qildi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 20-fevral kuni Shahrisabz shahar Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektori kichik serjant F. Choriyev tomonidan xizmat vazifasi doirasida “Lacetti” rusumli transport vositasi tekshirish uchun toʻxtatilgan.
Tekshiruv davomida haydovchi fuqaro Sh.T. YPX inspektoriga oʻziga tegishli boʻlmagan hujjatlarni taqdim etgan. Shundan soʻng, haydovchi qochish uringan vaqtida toʻxtatilib, unga nisbatan OʻzR MJtKning 194-moddasi 1-qismi va 135-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Toʻplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz shahar sudiga yuborilib, sud qaroriga koʻra, fuqaro Sh.T.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida yaʼni 20 600 000 soʻm jarima jazosi tayinlangan.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, inspektor F. Choriyev xizmat vaqtida, xizmat kiyimida va hushyor holatda boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring