Oʻquvchilar oʻrtasida “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarini oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

19:04 20 Fevral 2026 Jamiyat
439 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligining 2026-yil 10-fevralda “Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli respublika tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, “Turon” maktab teatri tanlovida ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilar oʻzlari tahsil olayotgan maktab jamoasi tomonidan shakllantirilayotgan jamoa tarkibida ishtirok etishi belgilangan.

Mazkur tanlov davlat va nodavlat umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 6–10-sinf oʻquvchilaridan (8 nafardan oshmagan) iborat jamoalar oʻrtasida 3 bosqichda tashkil etiladi.

Shuningdek, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi har yili anʼanaviy tarzda oʻtkaziladi. Tanlovda umumtaʼlim maktablarining 6-10-sinf oʻquvchilari jamoaviy tarzda ishtirok etadi.

Tanlovlarning oʻtkazilish tartibi, gʻoliblarni taqdirlash va appelyatsiya jarayoni haqida ushbu havola orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?