Bir yilda 2,7 mingdan ortiq haydovchi yoʻl qoidasini buzgani uchun sudlangan
Foto: Telegram
Oʻzbekistonda bir yilda 2 748 nafar shaxs yoʻl harakati qoidalarini buzgani uchun sudlangan. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidov xabar berdi.
Uning maʼlum qilishicha, 2025-yilda Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan 2 748 nafar shaxs sudlangan.
Aniqlik kiritilishicha, ushbu shaxslarning 2 591 nafariga jarima, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Yana 157 nafar shaxsga nisbatan esa shartli hukm chiqarilgan.
Taʼkidlanishicha, ushbu jinoyat turi bilan bogʻliq eng koʻp ishlar Toshkent shahar, Fargʻona, Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarda koʻrilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring