Haj mavsumi oldidan Umra ziyoratlari vaqtinchalik toʻxtatiladi

15:21 20 Fevral 2026 Jamiyat
499 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi tomonidan “Umra – 2026” mavsumida ziyoratchilar uchun belgilangan muhim muddat va cheklovlar haqida maʼlumot berildi. Unga koʻra, joriy yilgi Haj mavsumi boshlanishi oldidan Umra ziyoratlari vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Haj va umra markazi shu munosabat bilan muborak ziyoratni niyat qilgan yurtdoshlarimizdan safar rejasini tuzishda quyidagilarga amal qilishlarini soʻradi:

• Umra vizalarini rasmiylashtirish 2026-yil 19-mart kuni yakunlanadi;

• Xorijlik ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga kirishi uchun soʻnggi muddat — 2026-yil 2-aprel;

• Barcha ziyoratchilarning Saudiya Arabistonidan chiqib ketishi uchun oxirgi muddat — 2026-yil 18-aprel.

Markaz, shuningdek, viza muddatini buzish va unda belgilangan muddatdan ortiqcha yashash uchun Saudiya qonunchiligida qatʼiy choralar belgilanganini ham alohida taʼkidlagan.

Shu bois, Umra safariga otlanmoqchi boʻlgan ziyoratchilardan belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etish va oʻz safar rejalarini yuqoridagi muddatlarga muvofiq reja qilish talab etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?