Koʻchmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdisida hisob-kitoblar naqdsiz shaklga oʻtkazilmoqda
Foto: Notarial palata axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida koʻchmas mulk va avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlashda hisob-kitoblarni naqdsiz shaklda amalga oshirishni joriy etish masalasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab amaliyotga joriy etiladi.
Uchrashuvda Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari N. Saydullayev, Adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov, Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D. Ashurov, shuningdek Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari vakillari hamda amaldagi notariuslar ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida aholi va tadbirkorlik subyektlariga tezkor hamda sifatli xizmat koʻrsatish, notarial idoralar va banklarning uzluksiz faoliyatini taʼminlash, hisob-kitoblarni sodda, tushunarli va xavfsiz shaklda tashkil etish, shuningdek elektron axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish bilan bogʻliq masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.
Qayd etilgan chora-tadbirlar hisob-kitoblarning ishonchliligini oshirish, firibgarlik holatlarining oldini olish, moliyaviy operatsiyalar shaffofligini taʼminlash hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida masʼul idoralar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring