Oʻzbekiston Gʻazoda turar joylar, bolalar bogʻchalari, maktablar va shifoxonalar qurilishiga oʻz hissasini qoʻshadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni damda AQSH Tinchlik institutida boʻlib oʻtayotgan “Tinchlik kengashi”ning birinchi yigʻilishida nutq soʻzlamoqda. Ushbu tadbir Oq uy tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri yoritilmoqda.
Davlatimiz rahbarining qayd etishicha, Oʻzbekiston “Tinchlik kengashi”ni tuzish boʻyicha tinchlikparvar tashabbusni qoʻllab-quvvatlaydi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishda amaliy ishtirok etish niyatini qatʼiy bildiradi.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga kengashning ilk yigʻilishini chaqirgani uchun samimiy minnatdorlik izhor etishga ijozat bergaysiz. Shubhasiz, bugungi sammit – Prezident Trampning siyosiy irodasi va pragmatizmi natijasidir”, dedi Oʻzbekiston rahbari.
Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, Kengash faoliyati Gʻazo sektorida iqtisodiy va ijtimoiy tiklanish uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Prezidenti, shuningdek, har qanday tashqi boshqaruv mexanizmi mahalliy aholi qoʻllab-quvvatlovida amalga oshirilishini hamda muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlar urushdan keyingi jarayon barqarorligini taʼminlab, Gʻazoni tezroq tiklash uchun sharoit yaratishini bildirdi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston turar joylar, bolalar bogʻchalari, maktablar va shifoxonalar qurilishiga oʻz hissasini qoʻshishga tayyor ekani maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring