Oʻzbekistonga 30 dan ortiq sava qushini olib kirayotgan shaxs aniqlandi
Foto: Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi
Toshkent viloyatida Yallama chegara bojxona posti orqali Qozogʻiston hududidan noqonuniy ravishda 32 ta sava qushini Oʻzbekistonga olib oʻtishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, boshqarma xodimlari tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent viloyati Chinoz tumani Yallama chegara bojxona postida fuqaro A.Q. tomonidan noqonuniy ravishda tegishli ruxsatnomasiz 32 ta sava qushini Oʻzbekiston hududiga olib kirilayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda oʻrganish oʻtkazilganda qushlarining 11 tasi nobud boʻlgani maʼlum boʻlgan. Qolgan 21 ta qush tirik qolishi uchun tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborilgan.

Shundan soʻng fuqaro A.Q.ga nisbatan tegishli tartibda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 92-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2 060 000 soʻm miqdorida jarima qoʻllanilgan. Shuningdek, 11 ta sava qushi nobud boʻlgani inobatga olinib, 4 532 000 soʻm tabiatiga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring