Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh etildi
Videodan kadr
Toshkent shahrida narkolaboratoriya fosh etildi hamda katta miqdordagi giyohvandlik vositalari olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXX hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yuqori Chirchiq tumani hududida harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilgan.
Natijada, unda internet tarmogʻidagi narkodoʻkonga xizmat qiluvchi, 1993, 1994 va 1995-yillarda tugʻilgan, poytaxtlik 3 nafar fuqaro ketayotganligi aniqlanib, ulardan 37 dona “Tropikamid” hamda tarkibida pregabalin kuchli taʼsir qiluvchi modda saqlagan 124 dona kapsula ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, internet narkodoʻkonning “zakladchik”lari boʻlgan, Toshkent shahrida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan 2 nafar shaxs ham ushlandi va ular tomonidan “zakladka” tarzida qoʻyilgan poytaxtning turli hududlaridagi xufiya joylardan jami 1186 dona “Pregabalin” va 125 dona “Tropikamid” olingan.
Aniqlanishicha, ular kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini Sergeli tumanida faoliyat yuritayotgan narkolaboratoriyadan olgan boʻlib, davom ettirilgan tezkor tadbirda ushbu manzil xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Natijada, unda 1987, 1993, 1995 va 2000-yillarda tugʻilgan 4 nafar shaxs kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini tayyorlayotganliklari maʼlum boʻlgan. Mazkur xonadondan 5130 dona “Pregabalin” kapsulalari va 10 kg “Pregabalin” moddasi, 75 dona flakonda “Tropikamid” va 6 kg “Tropikamid” moddasi, shuningdek, jami 60 ming dona boʻsh kapsula va flakonlar, laboratoriya jihozlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda ushbu ogʻufurushlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251¹-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring