Namanganda ikki «Damas» toʻqnashdi. Yoʻlovchi qurbon boʻldi (+video)

22:53 18 Fevral 2026 Jamiyat
505 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Norin tumanida ikki “Damas” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 18-fevral kuni soat 10:00 larda Norin tumani Xoʻjaqoʻrgʻoncha MFY hududidan oʻtgan D-115 avtomobil yoʻlining 10-kilometrida “Damas” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotgan haydovchi Norin-Choʻja yoʻnalishida belgilangan tezlikni oshirib, qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib ketgan va oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan boshqa bir “Damas” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashgan.

Hodisa oqibatida toʻqnashuv kelib chiqishiga sabab boʻlgan “Damas” avtomashinasining old oʻrindigʻida boʻlgan 1 nafar yoʻlovchi ogʻir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan. Avtomobil haydovchilari va yana 2 nafar yoʻlovchi esa turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Norin tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?