Oʻzbekistondagi 1 762 ta masjidda “Xatmi Qurʼon” oʻtkaziladi
Ramazon oyida Oʻzbekistondagi 1 762 ta masjidda “Xatmi Qurʼon” tadbirlari oʻtkaziladi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 16-fevraldagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ushbu fazilatli oyda “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu gʻoya asosida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olingan.
Unga koʻra, ushbu muborak oyda Respublikada faoliyat yuritayotgan 2 148 ta masjiddan 2101 tasida tarovih namozlari oʻqiladi. Shundan, 1 762 tasida “Xatmi Qurʼon” tadbirlari oʻtkaziladi. Bu jarayonga 3 642 nafar iqtidorli qorilar saralab olingan.
Taʼkidlanishicha, soʻnggi yillardagi ijobiy tajribadan kelib chiqib, bu yil ham “Xatmi Qurʼon” tadbirlari barcha masjidlarda bir xil vaqtda boshlanib, 27-kuni yaʼni “Laylat-ul Qadr” kechasida yakunlanishi belgilangan.
Tarovih tadbirlarini tartibli oʻtkazish maqsadida Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari, shuningdek, 2 104 ta maxsus texnika jalb etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring