Taroveh namozlari oʻqiladigan masjidlarga navbatchi energetiklar biriktirildi
Ramazon oyida taroveh namozlari oʻqiladigan masjidlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun har bir masjidga bir nafardan navbatchi energetik xodim biriktirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, vazirlikda isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz va barqaror taʼminlash chora-tadbirlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan. Unda Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Bosh prokuror oʻrinbosari S.Samadov, “Oʻzenergoinspeksiya” hamda yoqilgʻi-energetika sohasidagi barcha aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari qatnashgan.
Yigʻilishda qayd etilishicha, Ramazon oyiga tayyorgarlik ishlari davomida yoqilgʻi-energetika obyektlaridagi asosiy va yordamchi qurilmalarning ishonchli faoliyatini taʼminlash, aholi va ulgurji isteʼmolchilarga energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish boʻyicha zarur choralar koʻrilgan.
Xususan, ikki mingdan ortiq jome masjidlarda elektr taʼminoti barqarorligini taʼminlash maqsadida taqsimlash tarmoqlari toʻliq koʻrikdan oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgan. Shuningdek, taroveh namozlari oʻqiladigan masjidlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun har bir masjidga bir nafardan navbatchi energetik xodim biriktirilgan. Obyektlarga zarur holatlarda dizel generatorlarini oʻrnatish choralari koʻriladi.
Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur masjidlarda 2547 nafar muhandis-texnik xodimdan iborat navbatchilik tashkil etilgan. Shu bilan birga, 210 ta tezkor avariyaviy chiqish brigadasi shakllantirilib, ularga 250 ta avtomobil va maxsus texnika biriktirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring