Oʻzbekistonda mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln soʻm yoʻnaltiriladi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 16-fevral kuni Prezidentning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF–22-son farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan mahallani rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor islohotlarning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Xususan, mahallalarda 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish loyihalarini ishga tushirish orqali qoʻshimcha 100 mingta yangi ish oʻrnini yaratiladi. Mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga 20 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltirib, ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasi olib kiriladi.
Shuningdek, kasblarni rivojlantirish boʻyicha ustuvor islohotlar amalga oshiriladi. Jumladan, 2026/2027 oʻquv yilidan 7 ta hududda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari” tashkil etiladi. Ular orqali maktab oʻquvchilarini zamonaviy kasblarga yoʻnaltiriladi.
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya toʻlash amaliyotini yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari, hududlarda 24 ta malakani baholash markazlarini tashkil etib, mehnat bozorida tan olinadigan sertifikat berishni joriy etish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring