AQSHda xokkey oʻyini vaqtida otishma sodir boʻldi. Qurbonlar bor (+video)

11:44 17 Fevral 2026 Dunyo
390 0

AQSHdagi oʻrta maktabda xokkey oʻyini vaqtida otishma sodir boʻldi. Bu haqida “Kontext” Telegram-kanali maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, otishma Rod-Aylend shtatining Potaket shahrida, yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan xokkey oʻyini vaqtida sodir boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu hujum oqibatida uch kishi halok boʻlgan. Yana uch nafar jabrlanuvchi ogʻir ahvolda kasalxonaga olib ketilgan.

Bildirilishicha, mazkur hujum oilaviy nizo bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Hudud politsiyasi taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, hujum uyushtirgan shaxs 1969-yilda tugʻilgan Robert Dorgan ismli fuqaro ekani aniqlangan. Bosqinchi voqea joyida oʻz joniga qasd qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?