Koʻchada daraxt va elektr ustunlari tagida turmang — poytaxt FVBB ogohlantirish bilan chiqdi

19:05 16 Fevral 2026 Jamiyat
518 0

Bugun, 16-fevral kuni Toshkent shahri hududida yogʻingarchilik va kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi poytaxt aholisi va mehmonlariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Unda aytilishicha, avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etiladi.

Poytaxt FVBB noqulay ob-havo sharoitida quyidagi ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirgan:

  • yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
  • koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
  • koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
  • shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
  • buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi.

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qilishlari eslatib oʻtilgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?