Xorazmda qariyb 20 kg simobni noqonuniy sotgan shaxs ushlandi

17:28 16 Fevral 2026 Jamiyat
811 0

Xorazm viloyati Yangiariq tumanida qariyb 20 kilogramm simobni noqonuniy sotishga boʻlgan urinish fosh etildi, deb xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi.

Maʼlum qilinishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish shuʼbasi xodimlari tomonidan Yangiariq tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida Xiva shahrida yashovchi fuqaro shartli xaridorga 4 dona shisha idishlarda saqlangan, ogʻirligi sal kam 20 kg boʻlgan simob moddasini jami 5 ming dollariga sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolingan.

Bildirilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumki, simob moddasi xavfli yuklar toifasiga kiradi hamda uni tashish, saqlash va muomalaga kiritish maxsus tartib hamda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?