Abdusattorov FIDE Freestyle jahon chempionatida 3-oʻrinni egalladi

13:40 16 Fevral 2026 Sport
408 0

Kecha, 15-fevral kuni FIDE Freestyle boʻyicha Jahon Chempionati-2026 final bahslari oʻtkazildi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 3-oʻrin uchun germaniyalik Vinsent Keymer bilan bahs olib bordi. Yakunda Abdusattorov 2,5-1,5 hisobida raqibidan ustun kelib, musobaqaning bronza medali hamda 40 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot sohibiga aylandi.

Ahamiyatli jihati shundaki, Nodirbek 3-oʻrinni egallash orqali 2027-yilgi Freestyle jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatiga ham ega boʻldi.

Shuningdek, musobaqaning 7-oʻrni uchun kurashda yana bir yurtdoshimiz Javohir Sindarov AQSH milliy jamoasi sharafini himoya qiluvchi Levon Aronyanga qarshi dona surdi. Sindarov armagedon bahsida raqibiga magʻlub boʻlib, turnirni 8-oʻrinda yakunlagan holda 10 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofotga ega chiqqan.

Maʼlumot uchun, FIDE Freestyle boʻyicha Jahon Chempionati-2026 musobaqasida birinchi oʻrin norvegiyalik Magnus Karlsenga, ikkinchi oʻrin esa yana bir AQSH vakili Fabiano Karuanaga nasib etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?