Xonadonida qariyb 6 ming quti sifatsiz tamaki saqlab kelgan shaxs qoʻlga tushdi

11:49 16 Fevral 2026 Jamiyat
276 0

Namangan viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqida Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Natijada muqaddam sudlangan fuqaro N.D. Yangi Namangan tumani, “Kelajak tongi” MFY hududidagi xonadonida 11 turdagi 5 ming 970 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganligi fosh boʻlgan.

Shundan soʻng, ushbu mahsulotlar tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?