Ukrainalik harbiylar Estoniyadagi mashqlar chogʻida ikkita NATO batalyonini "ishdan chiqargan" — BILD

13:32 15 Fevral 2026 Dunyo
631 0

2025-yilda Estoniyada oʻtkazilgan NATOning “Kirpi 2025” harbiy mashqlari davomida oʻn nafar ukrainalik harbiydan iborat guruh bir necha soat ichida ittifoqning ikki batalyoni hamda 17 ta zirhli texnikasini "yoʻq qilishga" muvaffaq boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, Ukraina qoʻshinlari mashgʻulotlar davomida dronlardan ommaviy foydalanish taktikasini qoʻllagan, biroq NATO boʻlinmalari bu uslubga nisbatan samarali qarshilik koʻrsata olmagan.

“Biz uskunalar va mexanizatsiyalashgan boʻlinmalarni juda oson topdik va dron zarbalari orqali tezda ishdan chiqardik. Ularda yashirinish uchun deyarli imkoniyat yoʻq edi”, — deydi Ukraina guruhining bir qismiga rahbarlik qilgan dron boʻyicha mutaxassis Ayvar Xanniotti.

“The Wall Street Journal” nashrining bildirishicha, harbiy mashgʻulotlar 2025-yilning 5-may kunidan 23-may sanasigacha davom etgan. Unda Estoniya hamda NATOga aʼzo boshqa davlatlardan qariyb 16 ming nafar harbiy qatnashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?