Qanday mashinalar antikvar sanaladi? YHXX izoh berdi
Illyustrativ foto
2026-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqarilganiga 50-yil va undan ortiq boʻlgan avtomototransport vositalaridan foydalanish, ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazish taqiqlandi. Bunda faqat antikvar maqomiga ega mashinalarga istisno qilinadi. YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yoʻldoshev avtomobil antikvar deb topilishi tartibiga izoh berdi.
Yoʻldoshevning qayd etishicha, ishlab chiqarilganiga 50-yil va undan ortiq boʻlgan, asl holati, tashqi koʻrinishi, tuzilishi, asosiy agregatlari saqlanib qolgan mashinalar antikvar transport vositasi sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ularga yangicha davlat raqam belgilari beriladi.
Unga koʻra, avtomobil quyidagi talablarga javob bersa, antikvar deb topiladi:
• mashina tashqi koʻrinishi, tuzilishi va kuzovi oʻzgarmagan boʻlishi lozim;
• dvigateli va yoqilgʻi turi almashmagan boʻlishi shart;
• dvigateldan chiqqan kuchni gʻildiraklarga uzatuvchi ssepleniya, ballonlar, tormoz va rul boshqaruv tizimlari, uzatmalar qutisi, elektr jihozlari hamda salon oʻrindiqlarining joyi va shakli asl holatda boʻlishi talab etiladi.
Agar ishlab chiqarilganiga 50-yil va undan ortiq boʻlgan avtomobil ushbu talablarga javob bermasa davlat roʻyxatidan chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring