Takror aytaman: ichki bozordagi talabni oʻzi bilan yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlab boʻlmaydi — Prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda iqtisodiyot yuqori surʼatda oʻsishi uchun transport-logistika tizimi ham shunga mos boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
Oʻtgan yili jami transport xizmatlaridagi 11 foiz oʻsish asosan avtotransport va havo transporti hisobidan taʼminlandi.
Lekin temir yoʻlda yuk aylanmasi bor-yoʻgʻi 3,3 foiz oshgan. Oddiy misol, temir yoʻlda yuk tashishga boshqa davlatlarga nisbatan 3-4 barobar koʻp vaqt sarflanmoqda. Oqibatda umumiy yuk tashuvlarda temir yoʻlning ulushi 7 foizga ham yetmaydi.
Yirik kompaniyalar ham, kichik tadbirkorlar ham ishlab chiqarish va eksportni oshirish uchun temir yoʻl infratuzilmasini yaxshilashni soʻrayapti.
Mutasaddilarga temir yoʻllar sohasida nosohaviy aktivlar, operatsion xarajatlarni qisqartirib, tejalgan mablagʻni xizmat sifatini yaxshilashga yoʻnaltirish topshirildi.
Temir yoʻlda yoʻlovchi va yuk tashish hajmini bu yil kamida 10 foizga oshirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
“Takror aytaman: ichki bozordagi talabni oʻzi bilan yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlab boʻlmaydi. Shu bois, bu yil vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning asosiy vazifasi yangi mahsulotlar bilan yangi bozorlarga kirib borish boʻladi”, dedi Prezidentimiz.
Oʻtgan yili eksport 22 foizga oʻsib, 24 milliard dollarga yetdi. Lekin hali koʻp rahbarlar eksportda eskicha ish uslubidan voz kecha olmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Toʻqimachilik mahsulotlarimiz 76 ta davlat bozoriga kirib borgan. Lekin eksportning 80 foizi 6 ta davlatga toʻgʻri keladi.
Tarmoq rahbarlariga bu yil sohada keskin oʻzgarish qilib, ishlab chiqarishni kamida 15 foizga oshirish, Yevropa, AQSH va boshqa qimmat bozorlarga kirib borib, eksportni 150 million dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
Endilikda pilla kooperativi tuzish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 million soʻmdan subsidiya ajratiladi. Uyida pilla yetishtiradigan ehtiyojmand oilalarga xonani jihozlash va uskuna uchun 20 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.
Pilla yetishtiruvchilarga har bir kilogramm pilla hosili uchun klasterlar toʻlaydigan 40 ming soʻmga qoʻshimcha 15 ming soʻmdan subsidiya beriladi, urugʻchilik korxonalari jalb qilgan mavsumiy ishchilar oyligining yarmi kompensatsiya qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring