DXX 1 mln dollarlik giyohvandlik vositalari saqlanayotgan narkolaboratoriyani fosh qildi (+video)
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Andijon viloyatlari boʻyicha boshqarmalari hamda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida narkolaboratoriyalarni aniqlash va faoliyatiga chek qoʻyish boʻyicha kompleks tadbirlar oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Xavfsizlik” Telegram-kanali.
Unda aytilishicha, Telegram messenjeridagi narkodoʻkon kuratorlari tomonidan belgilangan joylarga qoldirib ketilgan, sintetik giyohvandlik moddalarini tayyorlashda foydalaniladigan katta miqdordagi prekursorlar aniqlanib, operativ kuzatuvga olingan.
Tezkor tadbir davomida ushbu prekursorlarni olish uchun kelgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi, 2002-yilda tugʻilgan ikki nafar fuqaro qoʻlga olinib, ular tomonidan Andijon shahrining “Bogʻishamol” mahallasida narkolaboratoriya tashkil etilgani fosh qilingan.

Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu manzildan qora bozordagi umumiy taxminiy narxi 1 million AQSH dollariga teng boʻlgan 26 kg “Mefedron” sintetik narkotik moddasi hamda giyohvandlik vositalari tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar va kimyoviy moddalar, laboratoriya jihozlari, 10-20 litr hajmli yelim idishlar, konteynerlar, respiratorlar, rezina qoʻlqoplar va boshqa zarur anjomlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.

Aniqlanishicha, qonunbuzarlardan biri ushbu dala hovlini internet narkodoʻkondagi kuratori tomonidan yuborilgan 15,8 ming AQSH dollari evaziga oʻz nomiga sotib olib, laboratoriyani jihozlash uchun 5 ming AQSH dollari sarflaganligi hamda joriy yilning yanvar oyida 11,7 kg “Mefedron” narkotik moddasini tayyorlab, kuratori koʻrsatmasi asosida, xufiyona joyga joylashtirib, uning lokatsiyasini xoʻjayiniga joʻnatganligi maʼlum boʻlgan.
Bundan tashqari, mazkur shaxslar tomonidan Chirchiq shahrida ijaraga olingan omborga 400 litr prekursorlar yashirib qoʻyilganligi ham fosh etilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring