Oʻtgan yilda Oʻzbekiston 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi

12:55 13 Fevral 2026 Iqtisodiyot
300 0

2025-yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasida import hajmi 47,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, oʻtgan yilda davomida Oʻzbekiston 180 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.

Oʻzbekiston importidagi TOP-10 davlatlar reytingida 14,8 milliard dollar koʻrsatkich bilan Xitoy yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda 8,6 milliard dollar bilan Rossiya ikkinchi oʻrinda, 3,4 milliard dollar koʻrsatkich bilan Qozogʻiston uchinchi pogʻonadan joy olgan.

Shuningdek, Turkiyadan 1,9 milliard, Koreya Respublikasidan 1,7 milliard, Germaniyadan 1,3 milliard, Hindistondan 1,2 milliard, Turkmanistondan 1,1 milliard, Belarus 778,5 million hamda AQSHdan 712,3 million dollarlik tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, import hajmi 2024-yilga nisbatan 18,5 foizga oʻsgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?