Qashqadaryoda bir oyda ming nafardan ortiq oʻquvchi xorijiy til bilish sertifikatiga ega boʻldi

12:40 13 Fevral 2026 Jamiyat
291 0

2025-yilning dekabr oyida Qashqadaryodagi maktablarning 1 ming 90 nafar oʻquvchisi milliy va xalqaro darajadagi xorijiy til bilish sertifikatini qoʻlga kiritgan. Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, sertifikatiga ega boʻlgan oʻquvchilardan 4 nafari IELTS'dan 8,0 ballni qoʻlga kiritgan. Ahamiyatlisi shundaki, xorijiy til bilish sertifikatiga ega boʻlgan eng yosh oʻquvchi esa 5 sinfda tahsil oladi.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda viloyatdagi 105 ta umumtaʼlim maktabida 107 nafar xorijlik mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?