Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ochiqlandi
2026-yil 1-fevral holatiga koʻra, Oʻzbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 513 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi besh yil davomida chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 1,9 barobarga oshib, xorijiy korxonalarning umumiy ulushi 55,1 foizdan 76,9 foizgacha koʻtarilgan.
Yurtimizda faoliyat yuritayotgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni boʻyicha Xitoy yetakchilik qilmoqda — ushbu davlat ishtirokidagi korxonalar soni 5 218 tani tashkil etgan. Rossiya 3 190 ta korxona bilan ikkinchi, Turkiya esa 2 149 ta koʻrsatkich bilan uchinchi oʻrinni egallagan.
Shuningdek, Qozogʻiston investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni 1 221 ta, Janubiy Koreya — 699 ta, Afgʻoniston — 647 ta, BAA — 413 ta, Tojikiston — 410 ta, Hindiston — 394 ta hamda Ozarbayjon — 368 tani tashkil etgan.
Maʼlumotlarga koʻra, mavjud korxonalarning 4 282 tasi qoʻshma korxona, 14 231 tasi esa xorijiy kapital asosida tashkil etilgan korxonalar hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring