Andijonda dala hovlida joylashgan yirik narkolaboratoriya fosh etildi
Andijon viloyatida sintetik giyohvandlik vositalari tayyorlab kelingan yirik narkolaboratoriya faoliyati fosh qilindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Bojxona qoʻmitasining Toshkent va Andijon viloyatlari bojxona boshqarmalarining Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimlari, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Andijon viloyatlari boshqarmalari hamda Ichki ishlar idoralari vakillaridan iborat maxsus tezkor guruh tomonidan keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbirlar oʻtkazilgan.
Tadbir davomida dastlab Toshkent viloyatining Zangiota tumanida oldindan kuzatuvga olingan shaxc toʻxtatilib, tekshirilganida uning yonida 2 ming soʻmlik kupyuraga oʻralgan holatda 0,13 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning koʻrsatmasiga asosan Toshkent katta halqa yoʻlining Zangiota tumanidan oʻtuvchi qismidagi yoʻl chetida joylashgan ombor koʻzdan kechirilgan. Natijada bu yerda 5 dona metall va yelim idishlarda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda qoʻllaniladigan 900 litr prekursor saqlanayotgani fosh boʻlgan.
Shundan soʻng, yana 2 nafar shaxs shubha ostiga olinib, yashirin kuzatilganida ular turli manzil havolalar boʻyicha koʻmib qoʻyilgan 100 litr suyuq va 25 kilogramm kukun koʻrinishidagi prekursorlarni yashirilgan joyidan olib, Andijon shahrining Bogʻishamol mahallasidagi dala hovliga olib borgan.
Dastlabki tekshiruvlar davomida maʼlum boʻlishicha, ushbu shaxslar ijtimoiy tarmoqlardagi “Saymon” laqabli moliyaviy rahnamosi koʻmagida 15 ming 800 AQSH dollariga ushbu dala hovlini sotib olgan va narkolaboratoriya tashkil qilgan.
Aniqlanishicha, dala hovlida jami 26 kilogramm ogʻirlikdagi “mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi, nomaʼlum kimyoviy suyuklik shaklidagi 5 turdagi 590 litr prekursorlar saqlanayotgan boʻlgan.
Shunday qilib, oʻtkazilgan keng qamrovli va koʻp bosqichli tezkor tadbirlar yakunida 26 kilogramm ogʻirlikdagi “mefedron” hamda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlashda qoʻllaniladigan salkam 1,5 tonna prekursorlar va kimyoviy suyuqliklar, turli maxsus anjomlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring