Jizzaxda hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Videodan kadr
Jizzax viloyati Baxmal tumanida hokimlik zaxirasidagi yer maydonini sotishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Baxmal tumani Sangzor mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi 51 yoshli fuqaro oʻzi yashayotgan hududda joylashgan, hech qanday huquqiy hujjatlarga ega boʻlmagan, tuman hokimligi zaxirasida turgan 2 gektar yerni sotmoqchi boʻlgan.
U mazkur yer maydonini xaridorga keyinchalik yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ajratib berishni vaʼda qilgan. Shundan soʻng yerni 50 ming dollarga narxlab, kelishuvga erishgan.
Ushbu shaxs oldindan kelishilgan mablagʻdan 400 million soʻmni Gʻallaorol tumani hududida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring