Toshkentda ijaraga olingan uyni narkolaboratoriyaga aylantirganlar ushlandi
Foto: DXX
Toshkent shahrida ijaraga olingan xonadonda narkolaboratoriya tashkil qilgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda poytaxtda yashovchi 23 va 18 yoshli ikki nafar fuqaro Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan xonadonlardan birini ijaraga olib, narkolaboratoriya tashkil qilgani aniqlangan.
Tadbir davomida ushbu manzildan “zakladka” orqali tarqatish maqsadida tayyorlab qoʻyilgan 1 kilogramm “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi hamda laboratoriya sharoitida foydalaniladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, ulardan birining telefonida boʻlgan geolokatsiya orqali, muqaddam Bektemir tumani “Uchqun” MFY hududidan oʻtuvchi yoʻl chetidagi ariq ichiga yashirib qoʻyilgan 1 kilogramm “Mefedron” moddasi ham olingan.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, Yunusobod tumanidagi xufiya joylarga yashirib qoʻyilgan narkotiklarni olib ketish uchun kelgan vaqtlarida 6 nafar “zakladchik” ham ushlangan.
Hozirda mazkur narkosavdogarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring