Xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikumlarning oʻqituvchilari va xodimlariga 200 foizgacha ustama toʻlanadi

18:00 11 Fevral 2026 Jamiyat
1355 0

Hukumatning 2026-yil 11-fevraldagi 51-son qaroriga asosan xalqaro taʼlim dasturlari joriy etilgan texnikum xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu haqida Taʼlim nazorati Telegram-kanali maʼlumot berdi.

Mazkur qarorga koʻra:

  • 100 foizlik ustama: xalqaro dasturlarga jalb qilingan direktor, bosh buxgalter, oʻqituvchi va ustalarga har oylik majburiy ustama beriladi;
  • Ragʻbatlantirish jamgʻarmasi: Mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida maxsus jamgʻarma tashkil etiladi;
  • Natijaga qarab mukofot: yuqori reyting balli toʻplagan pedagoglar bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.

Ragʻbatlantirish mezonlari:

  • Oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi va xalqaro tanlovlardagi gʻolibligi;
  • Chet tilini bilish (kamida B2 sertifikati);
  • Xalqaro ilmiy bazalardagi (Scopus, Web of Science) maqolalar;
  • Dunyoning TOP-1000 taligiga kiruvchi OTM diplomiga egalik.

Shuningdek, xalqaro dasturlar boʻyicha boʻlim boshligʻi va mutaxassislarning ish haqi miqdorlari maktab direktori oʻrinbosari hamda toifali oʻqituvchilarning bazaviy stavkalariga tenglashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?