Jizzaxda 2,5 milliard soʻmlik “svet” oʻgʻirlagan parrandachilik fermasi fosh qilindi

17:13 11 Fevral 2026 Jamiyat
406 0

Jizzax viloyatida energiyasidan noqonuniy foydalangan parrandachilik fermasi fosh etildi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, “Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Maʼlum boʻlishicha, viloyatning Sh.Rashidov tumanida “T. P.” oilaviy korxonasiga qarashli parrandachilik fermasida oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlangan.

Elektr taʼminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, mazkur qoidabuzarlik natijasida 2 milliard 538 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻlgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?