“Tottenhem” rahbariyati Tomas Frankni isteʼfoga chiqardi
Angliyaning “Tottenhem” klubi jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank bilan hamkorlikni toʻxtatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati Instagram'dagi rasmiy sahifasida xabar qildi.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati jamoa natijalari va oʻyin sifatidan kelib chiqib, mavsum oʻrtasida murabbiy almashtirishga qaror qilgan. Klub bayonotida Tomas Frankning mehnati va sadoqati alohida taʼkidlanib, unga kelgusi faoliyatida omad tilab qolingan.
52 yoshli daniyalik mutaxassis “Tottenhem”ni 2025-yil iyun oyida qabul qilib olgan edi. Uning qoʻl ostida jamoaning Angliya Premyer ligasidagi gʻalabasiz seriyasi sakkizta oʻyingacha choʻzildi. Ayni paytda londonliklar 26 turdan soʻng 29 ochko bilan musobaqa jadvalida 16-oʻrinni egallab turibdi.
Shu bilan birga, “Tottenhem” Chempionlar ligasining umumiy bosqichida sakkizta oʻyinda 17 ochko jamgʻarib, toʻrtinchi oʻrinni egalladi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri musobaqa 1/8 finaliga chiqdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring