Avtomobilingizni daraxtlar va elektr liniyalari ostida qoldirmang — poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi
Poytaxtda bir necha kun davom etadigan yogʻingarchilik va shamol kuchayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi shahar aholisi va mehmonlariga ogohlantirish bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, tuproqning haddan ziyod namlanishi oqibatida daraxtlarning ildiz tizimi zaiflashishi mumkin. Bu esa daraxtlar va yirik shohlarning qulab tushish xavfini oshiradi.
Poytaxt hokimligi noqulay ob-havo sharoitida quyidagi ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirgan:
- avtomobillaringizni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmang;
- shahar koʻchalari va hovlilarda harakatlanayotganda ehtiyotkor boʻling;
- iloji boricha eski va qiyshaygan daraxtlar bor joylardan uzoqroq yuring;
- oʻzingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mol-mulkingizni asrang.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qilishlari eslatib oʻtilgan.
“Tegishli shahar xizmatlari kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Xotirjam boʻling, ehtiyotkorlik bilan harakat qiling va rasmiy maʼlumotlarga tayaning. Oʻzingizni ehtiyot qiling”, — deyiladi ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring