Xorazmda qariyb 160 million soʻmlik gaz oʻgʻirlagan xonadon fosh etildi
Xorazm viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar/tuman gaz taʼminoti boʻlimlarining mahalla isteʼmolchilari bilan ishlash boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat boʻylab tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlashga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Aniqlanishicha, Xonqa tumani “Katta kuch” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro M.E. oʻz xonadonida gaz hisoblash uskunasidan oldin yashirin tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilgan. Soʻnggi hisob-kitoblarga koʻra, 159 million soʻmlik zarar aniqlanib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring