Ulugʻ shoir xotirasiga yuksak ehtirom — Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyildi
Bugun, 9-fevral buyuk mutafakkir, benazir shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan poytaxtdagi Adiblar xiyobonida adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda oʻzbek adabiyotining yetuk namoyandalari, taniqli olimlar, professor-oʻqituvchilar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati fotomuxbiri tadbirning yorqin va esda qolarli lahzalarini kamera obyektiviga muhrladi.
Tadbir davomida ishtirokchilar buyuk ajdodimiz xotirasiga boʻlgan hurmat va ehtirom ramzi sifatida Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyishdi.
Mir Alisher Navoiy oʻzining bebaho ilmiy va adabiy merosi, yuksak insonparvarlik gʻoyalari bilan nafaqat oʻzbek adabiyoti, balki jahon tamadduni rivojida ham beqiyos oʻrin egallaydi. Uning asarlari bugungi kunda ham yosh avlodni vatanparvarlik, ezgulik, maʼrifat va komil inson boʻlib kamol topishga chorlab kelmoqda.
Tadbir davomida oʻzbek adabiyotining yetuk namoyandalari tomonidan Alisher Navoiyning hayoti va ijodi, uning boy maʼnaviy merosi, asarlarida targʻib etilgan ezgulik, insonparvarlik va komillik gʻoyalari haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Buyuk mutafakkir merosini chuqur oʻrganish, uni zamonaviy ilm-fan va taʼlim jarayonlari bilan uygʻun holda targʻib etish bugungi yoshlar oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi.
Akmal MUHAMMADOV, Otabek SAIDAHMADOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring